Quentin Tarantino

Quentin Tarantino
Tavalludi
Quentin Jerome Tarantino

27-mart 1963-yil (1963-03-27)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktyor, rejissor
Faoliyat yillari 1987–bugun
Millati Amerikalik
Otasi Tony Tarantino
Imzosi

Quentin Tarantino (talaffuzi: Kvetin Taratino)(27-mart 1963-yil) — Amerikalik aktyor va rejissor. 1992-yildan 2019-yilgacha 9 ta badiiy film suratga olgan.

Hayoti

Quentin Jerome Tarantino 1963-yil 27-martda AQSHning Noksvill shahrida tugʻilgan. Uning onasi hindularning cheroki qabilasidan, otasi esa italiyalik. Kventinning ota-onasi u tug‘ilishidan oldin ajrashgan va u hech qachon otasi bilan uchrashmagan. Onasi qayta turmushga chiqqan va Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan.

17 yoshida o‘quvchi maktabni tashlab, aktyorlik maktabiga kirgan va bir vaqtning o‘zida ham o‘qib ishlay boshlagan. U ko‘p joylarda pul topishga harakat qilgan va nihoyat omad kulib boqqan. Tarantino Manxettendagi video do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga kiradi. Uning taqdirida baxtli o‘zgarishlar bo‘la boshladi. Kventin Roger Avary bilan do‘konda uchrashdi va ular birga ishlay boshladilar. Keyinchalik Roger Avary Tarantinoni “Oʻldiruvchi Zoya” filmiga olib keldi. U ushbu filmda rejissyor bo‘lib ishladi va hatto epizodlar uchun bir nechta ishlanmalar yozdi. O‘sha paytda u o‘z asarida rol o‘ynashni xohlayotganini his qildi.

1988-yili Roger Avary bilan birgalikda oʻzining ilk ssenariysi “Hamma narsani yutib yuboradigan ehtiros”ni yozdi. Ular 3 yil suratga olish uchun mablagʻ topishga harakat qilishadi. Nihoyat, ular rejissyor Thomas Skottni oʻz gʻoyasi bilan qiziqtira oladi. Tarantino bu ssenariy uchun 50 ming dollar oldi.

Taratntinoning keyingi ssenariysi asosidagi “Tugʻma qotillar” filmini taniqli rejissyor Oliver Stone suratga oldi. Ushbu filmning muvaffaqiyatidan soʻng Tarantino Oliver Stonega “Quturgan itlar” (inglizcha: Reservoir Dogs) nomli yana bir ssenariy taklif qiladi. Biroq rejissyorning undan asl nusxaga bir qator oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishi ularning yoʻllarini ayro qiladi. Va nihoyat Tarantinoga Life Entertainment kompaniyasi unga kerak boʻlgan 1,5 mln dollarni berdi. Film muvaffaqiyati kutilgandan ham aʼlo darajada boʻladi. Filmdan tushgan umumiy daromad esa 20 mln dollardan oshdi. Biroq Angliyada mazkur film juda koʻp zoʻravonlik sahnalarini oʻz ichiga olgani sababli taqiqqa uchragan. Film namoyishi Parijdagi “Utopiya” kinoteatrida esa bir yarim yil davomida toʻxtamadi. Muallif oʻz filmini Cannes kinofestivalida taqdim etishga urinib koʻrdi, lekin faxriy mukofot oldi xolos. Shundan soʻng Tarantino Amsterdamga koʻchib oʻtdi. Turar joyni oʻzgartirish unga “Jinoiy asar” (inglizcha: Pulp Fiction) deb nomlangan yangi ssenariy ustida ishlash uchun kerak edi. Bu film Francis Coppolaning mashhur “Choʻqintirgan ota” filmiga hurmat sifatida yaratilgan.

Filmografiyasi
Film nomi Oʻzbek tilidagi tarjimasi Namoyish

etilgan yili

Reservoir Dogs Quturgan itlar 1992-yil
Pulp Fiction Jinoiy asar 1994-yil
Jackie Brown Jeki Braun 1997-yil
Kill Bill: Volume 1 Billning qotili 2003-yil
Kill Bill: Volume 2 Billning qotili-2 2004-yil
Death Proof O‘lim isboti 2007-yil
Inglourious Basterds Manfur kimsalar 2009-yil
Django Unchained Ozod Jango 2012-yil
The Hateful Eight Jirkanch sakkizlik 2015-yil
Once Upon a Time in Hollywood Bir paytlar Gollivudda 2019-yil

Manbalar

  1. Quentin Tarantino Biography (1963–). Advameg, Inc. 20-avgust 2012-yilda qaraldi. 
  2. Daryo.uz. „Hamma filmlari tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘ladigan buyuk rejissorlar“ (27-may 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  3. Sinaps.uz. „Kventin Tarantino“. Qaraldi: 5-may 2024-yil.

Havolalar